100 Ideas
Install Now
100 Ideas
100 Ideas

100 Ideas

App Size: 42.9 MB
Release Date: Jun 16, 2021
Price: FREE
5
1 Ratings
Size
42.9 MB

Screenshots for App

iPhone
iPhone X
2021-yilning iyun oyida Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda IT-park tomonidan tashkil etilayotgan yirik yoshlar loyihasi – “O‘zbekiston uchun 100ta tashabbus”ga start berildi. Unda yosh yigit-qizlar respublikani rivojlantirish g‘oyalari haqida gapirib berishadi va o‘zlarining loyihalarini taqdim etishadi.

Yoshlar loyihasi tadbirkorlik va bandlik, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va agrotexnika, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, media, madaniyat va san’at, innovatsiyalar kabi barcha yo‘nalish va hududlarni qamrab oladi.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: saralash, hududiy (yarim final) va respublika (final). Unda ishtirok etish uchun14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan tashabbuskor yoshlar joriy yilning 20-iyuniga qadar www.100ideas.uz rasmiy saytida ariza qoldirishlari kerak. Tanlovda jamoaviy yoki yakka tartibda qatnashish mumkin. Bu mutlaqo bepul bo‘lib, tanlovda jamoaviy yoki yakka tartibda qatnashish mumkin.
Har bir hududda, birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, taqdim etilgan loyihalardan 1400tasi tanlab olinadi, ular o‘z hududida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Keyinchalik ular orasidan butun respublika bo‘ylab g‘oliblik uchun kurashadigan 100ta loyiha saralab olinadi. Yakunda esa 100 nafar g‘olib – O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan eng yaxshi 100ta g‘oya e’lon qilinadi. Ular moliyaviy qo‘llab quvvatlanadi.

Barcha g‘oya va loyihalarni baholash mezonlari:
– Loyihaning mantiq va ahamiyati;
– Maqsad va vazifalarning aniqligi;
– Loyihani amalga oshirish istiqbollari;
– Novatorlik va barqarorlik;
– Loyiha qiymatining natija bilan muvofiqligi.

Nomzodlarni tanlash hamda ishtirokchilarning g‘oya va loyihalarini xolis baholash uchun tegishli vazirlik va idoralar vakillari, tadqiqotchilar, jamoat arboblari va mustaqil ekspertlardan iborat hakamlar guruhi tuziladi.

Shuningdek, respublika va hududiy ishchi guruhlari ham tuziladi. Ular tarkibiga vazirliklar, idoralar va tegishli tashkilotlar vakillari kiritiladi.
Mazkur loyiha orqali yoshlar o‘z ishlanmalarini jamoatchilik, mutaxassislar bilan bo‘lishish hamda mamlakatni yangi darajalarga olib chiqib, O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘lishadi.
Show More
Show Less
100 Ideas 1.0.1 Update
Jun 19, 2021 Version History
- Bug fixes

~United IT Company LLC
More Information about: 100 Ideas
Price: FREE
Version: 1.0.1
Compatibility: Requires Requires iOS 11 or later
Size: 42.9 MB
Genre: Education
Release Date: Jun 16, 2021
Last Update: Jun 19, 2021
Content Rating: 4+
Developer: United IT Company LLC
Language: English -


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide