SmartWater Mobile — O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi tizimi uchun ishlab chiqilgan
mobil ilova bo‘lib, suv resurslarini boshqarish, suv omborlari va daryo oqimlarini monitoring
qilish, hamda suv balansini hisoblash jarayonlarini avtomatlashtiradi.
Asosiy imkoniyatlar:
• Suv obyektlari, omborlar va nasos stansiyalarini kuzatish
• Respublika, viloyat va tuman kesimidagi suv balansini tahlil qilish
• Real vaqt rejimida suv kelishi va chiqishini ko‘rish
• Suv ma’lumotlarini grafik va jadval ko‘rinishida olish
• Foydalanuvchi uchun qulay interfeys va uchta til (o‘zbek, rus, ingliz)
SmartWater tizimi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan suv resurslarini
raqamlashtirish loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.