Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
"Qurʼoni Karim maʼnolarining soʻzma-soʻz tarjimasi" kitobining mobil ilovasini taqdim qilamiz.
Ilovada quyidagilar mavjud:
-Qurʼoni Karimning toʻliq matni
-Oʻzbek tilida soʻzma-soʻz tarjima
-Qurʼoni Karim oyatlarining maʼnolarini oʻzbek tilida toʻliq tarjimasi va audiosi
-Qurʼoni Karim qiroati
Bu ilova Qurʼoni Karimni oʻrganish va tushunishni istaganlar uchun. Alloh barchamizni haqiqatni anglash va Qurʼon ilmini chuqur o‘rganishda barakali qilsin!
? Ilovani yuklab oling va Qurʼoni Karimning nozik maʼnolarini chuqur anglab yeting!
Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2025 yil 3 yanvardagi 03-07/21-sonli xulosasi asosida tayyorlangan “Nurul Qur’on” kitobi asosida berilgan.
Qur’oni Karim ma’nolarining so‘zma-so‘z tarjimasi esa O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024 yil 16 maydagi 03-07/2996-sonli xulosasi asosida tayyorlangan “Qur’oni Karim ma’nolarining so‘zma-so‘z tarjimasi” nomli kitobidan olingan.
Qur’oni Karim ma’nolari va so‘zma-so‘z tarjimasi islomshunoslik fanlari bo‘yicha PhD doktori, filolog Sardorxon Jahongir tomonidan tayyorlangan.