Qobil Qori Қобил Қори Amri Maruf va Maruzalar
Install Now
Qobil Qori Қобил Қори Amri Maruf va Maruzalar
Qobil Qori Қобил Қори Amri Maruf va Maruzalar

Qobil Qori Қобил Қори Amri Maruf va Maruzalar

Qobil Qoridan yangi va shavqovar maruzalar tinglang va uzingizga keragini oling

Developer: auratj
App Size: 4.8M
Release Date: Apr 28, 2020
Price: Free
4.6
34 Ratings
Size
4.8M

Screenshots for App

Mobile
Qobil Qori hadislarni ilmini urganib khalqqa etkazadigan Uzbekistonning peshqadam domilalaridan sanaladi va sizlar uchun kam bulsada hadis haqida malumot beramiz:
Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. H. 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. H. 2 turga — H.i qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan H.lar) va H.i nabaviyga boʻlinadi. H.lar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.

Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) oʻz H.larini aytardi. Bu H.larni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng H.larni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi H. kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin H. toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar H.lari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.

Hijriy 3-asrda H. taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi H.lar bir joyda keltirilib, ular H. rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging H. kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli H.lar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli H.lar bilan bir qatorda "zaif" H.lar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.

Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy H. toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar H. toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima H.lar yuzaga kelgan.
Show More
Show Less
More Information about: Qobil Qori Қобил Қори Amri Maruf va Maruzalar
Price: Free
Version: 1.0
Downloads: 5000
Compatibility: Android 4.2 and up
Bundle Id: auratj.qobil_qori
Size: 4.8M
Last Update: Apr 28, 2020
Content Rating: Everyone
Release Date: Apr 28, 2020
Content Rating: Everyone
Developer: auratj


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide