Tez tibbiy yordam chaqirish uchun mobil ilova bemor va qo'ng'iroq manzili haqida oldindan kiritilgan ma'lumotlardan foydalangan holda tez tibbiy yordam guruhiga zudlik bilan chaqiruv yo'llash uchun mo'ljallangan.
Ilova vazifalari:
- chaqiruvlarni qabul qilish vaqtini qisqartirish;
- chaqiruvlarni tegishli tez tibbiy yordam brigadalariga tayinlash va brigadaning manzilga yetib borishi vaqtini muvofiqlashtirish;
- keyingi tahlil qilish uchun katta ma'lumotlarni to'plash va qaror qabul qilish uchun ushbu tahliliy materiallardan foydalanish.
Mobil ilova quyidagi funksional imkoniyatlarga ega bo'ladi:
- ro‘yxatga olish va avtorizatsiya xizmati
- shaxs manzillarini saqlash xizmati
- shaxs ma’lumotlarini saqlash xizmati
- qo‘ng‘iroqlar tarixi xizmati
- tez yordam chaqiruv xizmati
- Tez tibbiy yordam call-markaziga qo'ng'iroq qilish xizmati