Esla — yaqinlaringiz, do‘stlaringiz va biznes hamkorlaringiz bilan aloqa qilishni avtomatlashtiruvchi mobil ilova. Ilova foydalanuvchiga kontaktlarini guruhlash, har kuni avtomatik SMS yuborish, oxirgi qo‘ng‘iroq raqamini aniqlab yangi kontaktga aylantirish imkonini beradi. Esla insoniy munosabatlarni zamonaviy texnologiyalar orqali soddalashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.