Rasululloh (s.a.v.) milodning 570 yili Fil voqeasidan 50 kun avval adolatpesha Eron shohi No`shirovon hukmronligining 40 yilida Rabiul avval oyining 12 kuni dushanba tongi otmasdan Shaab ibni Hoshimning xonadonida tug`ilganlar. Onasining ismi Omina edi.
Garchi ba`zi tarixchi olimlar Rasululloh (s.a.v.) tug`ilgan sanani 8 aprel 571 milodiy deb ko`rsatishsa-da, ul zotning tavalludlari 570 milodiy ekani haqiqatdir. Tarixi Tabariyda Rasulullohning (s.a.v.) tavalludi No`shiravon saltanatining 42 yiliga to`g`ri kelishi aytiladi. No`shiravon milodiy 530 da taxtga chiqib, 579 yilda vafot etganligi tarixdan ma`lum. Demak, No`shiravon vafot etganida Rasululloh (s.a.v.) 9 yoshlarida bo`lganlar.
Misrlik Hay`atshunosiy Rasululloh (s.a.v.) tug`ilgan sana Rabiul avval oyining 12 kuni emas, 8 kuni ekanini aytadi. Albatta, bu hisob barchaga ma`lum haqiqatga mos kelmaydi. Rasululloh (s.a.v.) dunyoga kelgan uy Makkada ancha taniqli bo`lgan Shaab ibni Hoshimning xonadoni edi. Keyinchalik Rasululloh (s.a.v.) bu uyni amakivachchasi Ukaylga beradi. Ukayl avlodlari bu uyni hijratning 100 yilida ibni Yusufga sotishadi.