Siz paygambarni korganmisiz
Install Now
Siz paygambarni korganmisiz
Siz paygambarni korganmisiz

Siz paygambarni korganmisiz

Payg‘ambarimiz s.a.v. siyratlaridan savol-javob musobaqasi

Developer: BarakaIslomiy
App Size: Varies With Device
Release Date: Jul 16, 2022
Price: Free
Price
Free
Size
Varies With Device

Screenshots for App

Mobile
IMOM BUXORIY NOMLI TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTI
SIZ PAYG‘AMBARNI KO‘RGANMISIZ?
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) siyratlaridan savol-javob musobaqasi
Birinchi kitob: Makka davri
Muallif: Abdul Azim ZIYOUDDIN
«Toshkent Islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi
Toshkent-2007
Abdul Azim Ziyouddin o‘g‘li 1974 yil Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 1991-1994 yillarda Buxorodagi «Mirarab» madrasasida tahsil olgan. So‘ngra 1997 yili Toshkent Islom institutini tugatgan. Hozirda shu dargohda «Tahfizul Qur’on» bo‘limida mudarris.
Muallif ushbu kitobida Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga yangicha uslubda murojaat etgan. Aniq ma’lumotlarga tayangani asarning qiymatini oshirsa, tez-tez hayajonli bayonlarni keltirishi badiiy rang-barangligini ta’minlaydi. Xullas, o‘quvchi bu kitob orqali siyratga oid bilimlarini tiniqlashtirib, ko‘p mavhumotlariga aniqlik kiritib olishi shubhasiz.
Siyrati sharifga «sayr»ingiz xayrli kechsin.

Zamonamizning yaxshilaridan biri: «Agar Muhammad alayhissalom bo‘lmaganlarida, dunyoni yoritishga bu quyoshning nuri yetmasdi», degan edi. Darhaqiqat, Muhammad alayhissalomning nurlari zim-zimiston ichimizni yoritmasa, muz qalblarimizni eritmasa, osmondagi quyosh hech narsa qilolmas edi. Shuning uchun ham bu Nur sari talpinishimiz cheksizdir.
U zotga Allohdan beadad salavot va salomlar yo‘llaymiz. Diydorlarini ko‘rishga mushtoqmiz. Hatto muborak ravzalari sari talpinamiz. Uzotni bizga sog‘intirgan, nurlari ila qalblarimizni nurlantirgan Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz.
Aziz o‘quvchi, qo‘lingizdagi ushbu ajib sarlavhali kitob Payg‘ambarimizga bo‘lgan sog‘inchning, nurlari sari talpinishning bir ko‘rinishidir. Ustozlar uning uslubi, boshqa siyrat kitoblaridan farqi, foydali jihatlari haqida xo‘b aytibdilar. Kaminangizga esa, asarning sarlavhasi haqida ozgina tushuncha berib o‘tish vazifasi topshirildi.
«Siz Payg‘ambar alayhissalomni ko‘rganmisiz?»
Bir qarashda g‘alati savol. Chunki siz-u bizning u zotni ko‘rmaganimiz oyday aniq. Ammo bir paytlar u zotni ko‘rganlarga shu savol berilganda, cho‘k tushib yig‘lashgan, sim-simSiz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz? yig‘lashgan, Payg‘ambarga bo‘lgan sog‘inchlarini bosolmay yig‘-lashgan... Ularning holatlarini o‘ylasam, ayni savol mening ham yuragimni o‘rtay boshlaydi. Menga ham shu savol bilan murojaat etishlarini istab qolaman. Payg‘ambar alayhissalomga shunchalar yaqin bo‘lgim keladi.
Show More
Show Less
Siz paygambarni korganmisiz 2.0 Update
2023-10-23 Version History
Siz payg`ambarni ko`rganmisiz?

~BarakaIslomiy
More Information about: Siz paygambarni korganmisiz
Price: Free
Version: 2.0
Downloads: 619
Compatibility: Android 5.0
Bundle Id: com.paygambarimiznikorganmisiz
Size: Varies With Device
Last Update: 2023-10-23
Content Rating: Teen
Release Date: Jul 16, 2022
Content Rating: Teen
Developer: BarakaIslomiy


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide