Teri tanosil kasalliklari va ularni davolash
Install Now
Teri tanosil kasalliklari va ularni davolash
Teri tanosil kasalliklari va ularni davolash

Teri tanosil kasalliklari va ularni davolash

Terida paydo bo39ladigan dog39lar, yaralar, toshmalar va ularni davolash haqida

Developer: Tibbiyot
App Size: 14M
Release Date: Nov 14, 2019
Price: Free
4.2
10 Ratings
Size
14M

Screenshots for App

Mobile
Teri kasalliklari - odam va hayvonlar organizmidagi shilliq qavatlar, teri hamda uning hosilalari (soch, tirnoq) patologik oʻzgarishi bilan ifodalanadigan kasalliklar guruhi.

Odamda uchraydigan Teri kasalliklari toshma toshishi, dogʻ, pufakcha, tuguncha, qipiqlanish, yaralanish, terining shilinishi, yorilishi va boshqa tarzida namoyon boʻladi. Tashqi muhitdagi har bir fizik va kimyoviy omillar terida turli yalligʻlanishlar (dermatitlar) paydo boʻlishiga olib keladi; bulardan qavarish, bichilish, sovqotish, kuyish birmuncha koʻproq uchraydi. Terining talaygina kasalliklariga biologik omillar, mikroskopik zamburugʻlar (qarang Terining zamburugʻli kasalliklari), bakteriyalar, hayvon parazitlari (qarang Qoʻtir) va viruslar (qarang Soʻgal, Uchuq) sabab boʻladi.

Ichki omillar: mahalliy, infeksiya oʻchogʻi boʻlishi (mas., murtak bezlari, qovuqda), ichki aʼzolar (meʼda, buyrak, jigar) kasalliklari ekzema, eshakem kabi allergik tavsifdagi (qarang Lglergiya) Teri kasalliklariga olib kelishi mumkin. Organizmda oqsil, uglevod va yogʻ almashinuvining buzilishi, shuningdek, vitaminlar yetishmasligi, nerv (mas., neyrodermit) va endokrin sistema faoliyatining buzilishi (mas., seboreya, husnbuzar), tomirlar, qrn yaratish aʼzolari va boshqalarning zararlanishi natijasida ham Teri kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. Bularning hammasi terida yalligʻlanish, qon quyilishi, pigmentatsiya va muguzlanishning buzilishi, teridagi ayrim tuzilmalar (biriktiruvchi toʻqima tolalari, yog va ter bezlari, soch piyozchasi va boshqalar)ning nobud boʻlishi, qon aylanishi hamda teri oziklanishining izdan chiqishi kabi patologik oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Bunda teriga har xil kattalikda toshmalar toshishi (dermatozlar), tugunchalar paydo boʻlishi, baʼzan bu tugunchalar ichida qon yoki yiring tuplanishi mumkin. Toshmalar qichishishi, achishishi, baʼzilari bemorni mutlaqo bezovta qilmasligi mumkin. Infeksion (qarang Ich terlama, Qaytalama terlama, Skarlatina, Chechak va b.), shuningdek, venerik kasalliklarda ham teriga toshmalar toshishi kuzatiladi. Toshmalar tabiatini faqat mutaxassis vrach toʻgʻri aniklab, diagnoz qoʻyishi va davo tayinlashi mumkin. Oʻz bilgicha davo qilish turli koʻngilsizliklarga olib keladi. Shuning uchun Teri kasalliklariga xos dastlabki alomatlar paydo boʻlganda, albatta, vrachga murojaat etish va uning maslahatlariga bekamu kust amal qilish lozim.
Show More
Show Less
More Information about: Teri tanosil kasalliklari va ularni davolash
Price: Free
Version: 4.0
Downloads: 1000
Compatibility: Android 4.2 and up
Bundle Id: com.teri_tanosil.davolash
Size: 14M
Last Update: Nov 14, 2019
Content Rating: Everyone
Release Date: Nov 14, 2019
Content Rating: Everyone
Developer: Tibbiyot


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide