Oxunjon Madaliyev - qoshiqlar
Install Now
Oxunjon Madaliyev - qoshiqlar
Oxunjon Madaliyev - qoshiqlar

Oxunjon Madaliyev - qoshiqlar

Eng ommabop va sevimli qo39shiqlar ba39zilari matnlari bilan internetsiz

Developer: uSofMaker
App Size: 54M
Release Date: Oct 20, 2019
Price: Free
4.3
14 Ratings
Size
54M

Screenshots for App

Mobile
Ushbu ilovada Oxunjon Madaliyevning:

Armonim
Ayollar
Bir so'zim
Bu dunyoda
Deraza pardasi
Do'stim
Egilmasin
Farg'ona go'zali
Hayoldagi dilbar
Kel ey yorim
Ketmadi yor
Meni desa
Muhabbatim
Osmonimiz
O'zbek qizlari
Qo'ynimda
Sevaman deb
To'rtliklar
Tushunmaysan
Yigitlarni e`zozlang
Yolg'iz ayol
Yonimga kel
Yuragimda nomli qo`shiqlari joy olgan.

Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Oxunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.
1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Oxunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.
Oxunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi.
Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Oxunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.
Show More
Show Less
More Information about: Oxunjon Madaliyev - qoshiqlar
Price: Free
Version: 2.0
Downloads: 5000
Compatibility: Android 4.1 and up
Bundle Id: com.usofmakr.oxunjon
Size: 54M
Last Update: Oct 20, 2019
Content Rating: Everyone
Release Date: Oct 20, 2019
Content Rating: Everyone
Developer: uSofMaker


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide