Ruxsor TV
“Ruxsor teleradiokanali” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi “Ruxsor TV”, “Gold UZ TV” telekanallari hamda “Ruxsor FM” radiosi haqida ma'lumot
“Ruxsor TV” telekanali 2009 yil 7 mayda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 18 soat.
Efir mundarijasini asosan Fargʻona viloyatining madaniyati, sanʼati, adabiyoti oʻtmishi, buguni, oddiy insonlarning turmush tarzi, ularning orzu-maqsadlari va ertangi kundan umidlari aks etgan maʼnaviy-maʼrifiy, reklama-axborot, musiqiy dasturlar, intellektual, koʻngilochar koʻrsatuvlar, milliy va jahon kinosi durdonalari, multfilmlar, seriallar, hujjatli filmlar tashkil etadi.
Fargʻona viloyatining ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida xabar beruvchi “Yangiliklar vaqti” informatsion dasturi har kuni 3 marotaba tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi.
“Gold UZ TV” 2014 yil 29 sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon (qisman), Namangan (qisman) viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 18 soat.
Efir mundarijasini asosan Fargʻona vodiysining betakror tabiati, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari, mashhur ziyoratgohlari, turistik salohiyati aks etgan maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-amaliy, iqtisodiy-axborot, reklama-axborot, intellektual, koʻngilochar, musiqiy koʻrsatuvlar, tok-shoular, milliy va jahon kinosi durdonalari, multfilmlar, seriallar, hujjatli filmlar tashkil etadi.
“Ruxsor FM” radiokanali 2007 yil 17 sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 24 soat.
Efir mundarijasini asosan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy, musiqiy dasturlar, reklama-axborot, intellektual, koʻngilochar eshittirishlar tashkil etadi.