ONGILA mobil ilovasi messenjer sifatida mustaqil ishlaydi.
Ilova foydalanuvchilari bir-birlari bilan muloqot qilishlari yoki guruh ochishlari va foydalanuvchilarni guruhga qo'shishlari mumkin.
Muloqot paytida xabarlarni matn, audio, video ko'rinishida yuborish va xabarlarga fayllarni biriktirish mumkin.
Ilova boshqa loyihalar bilan integratsiya qilish imkonini beradi.
ONGILA ERP veb-loyihasi bilan integratsiya amalga oshirilgan.
Integratsiyalashgan loyihalar alohida loyiha nomi bilan menyuda paydo bo'ladi. Ilova foydalanuvchisiga integratsiya loyihasi ichidagi foydalanuvchi sozlamalari orqali ruhsat beriladi.
Shuningdek, integratsiyalashgan loyihalar haqidagi bildirishnomalar messenjerga loyiha nomi bilan bir xil tizim foydalanuvchisidan yuboriladi.