Muborak Ramazoni sharif oyida ro'za tutishni bandalariga farz qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin!
Ummatlariga ro'za tutishning barcha sir-asrorlari bilan o'rgatgan habib Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga abadul-abad salavotu salomlar bo'lsin!
Bandalarini bu muborak oyning fazlidan bahramand bo'lib qolishga va Bab Ur Royyan eshigidan Jannatga kirishga musharraf qilsin! (Bab Ur Royyan —Jannatning 8ta eshigidan biri bo'lib, u orqali Jannatga doimiy ro'za tutadigan Jannat ahllari kirishadi)
Ushbu ilovada 2020-yil (hijriy 1441-yil) Ramazon oyi taqvimi joylashtirilgan bo'lib, unda quyidagi xususiyatlar mavjud:
— qulay interfeys;
— mintaqalar bo'yicha hisoblash;
— keyingi saharlik yoki iftorlik vaqtigacha qolgan vaqt;
— og'iz ochish va yopish duolari;
— saharlik yoki iftorlik vaqti uchun ovozli eslatma;
— tong otmasdan avval uyg'otgich;
— eslatma va uyg'otgichlarni sozlash.