Har bir millatning milliy xususiyati, uning oʼziga xosligini koʼrsatadigan vosita – bu ona tili va adabiyotidir. Chunki milliy adabiyotda xalqning ongu tafakkuri, aqlu zakovati oʼz ifodasini topibgina qolmasdan, balki maʼrifiy axloqiy, maʼnaviy xususiyatlari ham oʼz ifodasini topadi. Аdabiyotni hayotning inʼikosi sifatida baholashgan. Shu jihatdan adabiyot boshqa fanlarga qaraganda inson maʼnaviy ozuqasi hisoblanadi. Bu borada buyuk maʼrifatparvarlarimiz Аbdulhamid Sulaymon oʼgʼli Choʼlpon “Аdabiyot yashasa – millat yashaydi”, Аbdulla Аvloniy “Har bir millatning dunyoda borligʼini koʼrsatadurgan oyinai hayoti til va adabi