Jinoyat va jazo» (1866), «Telba» (1868) romanlarida rus xalqining maʼnaviy muammolari badiiy boʼyoqlarda yaqqol aks ettirilgan. «Jinlar» (1871—72), «Oʼsmir» (1875) romanlarida esa rus «oqsuyaklari» tabaqasi, amaldorlari orasida maʼnaviy qashshoqlik, amalparastlik, ochkoʼzlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani koʼrsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib boʼlmasligi eʼtirof etilgan. «Ogʼa-ini Karamazovlar» (1879—80) romanida jamiyat va shaxs oʼrtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia oʼz ifodasini topgan. Dostoevskiy ijodi, garchi ziddiyatli boʼlsada, rus va jahon adabiyoti