Yo'lingiz Xorazm tomonga tushib, Xivaga borsangiz, bu yerda ajoyib boglarda bo'lib, mehmondo'st yor-birodarlar bilan mulohatda bo'lasiz. Bu handay soz! Shu bilan birga osmonga bo'y cho'zgan qadimiy minoralar, oq marmarlarga o'yilgan naqshlar, koshinlar, zarhal hubbalar, baland ko'hna imoratlarning kungurador peshtohlari dihhatingizni tortmay ho'ymaydi. Shahar atrofidagi o'rkach-o'rkach bo'lib holgan, hula-gan ho'rgonlar o'tmishdagi honli hirginlarning shohidi bo'lib turibdi. Ko'hna saroy tomlarini ko'tarib turgan oq marmarlar ustidagi bahaybat ustunlarga ham ko'z tashlamay iloj yo'q. Saraton jaziramasi, so-vur oylarining shiddatli yomg'irlari, barxanlari osha yugurgan shamollar bu ustunlar naqshini yalayverib, ohartirib qo'ygan. Mana shu qator turgan baland us-tunlarning o'ngdan ikkinchisi ostida turgan ulkan marmar azamat Mardonni majaqlab tashlagan; uning suyaklari hamon shu tosh tagida yotibdi. Bu oq marmar yonida g'arib Bibijon yonib ketgan. Ustunning bir to-moni qorayib ketgani ham ana shundan ...
Men ekskursiya qilib, mana shu yerga kelganimda oq marmar tosh ostidan Mardonqulning ovozi eshitilgan-day bo'ldi: “Naqsh va koshinlarni ko rib hayratda holganingda, sen tosh tagida yanchilganlarni,‘ eshitilgan ’. Bunda hancha-hanchalab hullarning hayoti bor ... ”Bu nido ilhom berib, ushbu hissani yozishimga sababchi bo'ldi.