Haj va umra ibodatlari
Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi.
Haj va umra ibodatini ado etish tartibi, uning arkonlari va hukmlari haqida ko‘plab kitoblar tasnif etilib, har yili hojilarimiz ulardan bahramand bo‘lishmoqda. Endi haj va umra qilish chog‘ida, arkonlarni bajarishda o‘qiladigan duolar ham kitob holida to‘planib, hukmingizga havola etilyapti. Agar u ibodatlaringizni komil qilishda, Allohga yolborib qilayotgan duolaringizni ko‘paytirishda asqotib qolsa va yordam berolsa, musannif niyatiga yetgan bo‘lur edi.
Tarjimon: Abbos Tursunov