Ortiqcha vazn yaʼni semizlik muammosi bilan hozirgi davrda koʻplab insonlar aziyat chekishmoqda, shu sababli ozish uchun moʻljallangan ushbu dasturimizni yuklab olishingizni tavsiya etamiz.
Tez va zararsizni ozishni istovchilar uchun dasturimizda, soha professionallari tomonidan ishlab chiqilgan yurish orqali ortiqcha vazndan xolos boʻlishning 6 haftalik rejasi keltirib oʻtilgan. Reja asosida yurish samaradorligi jihatidan yugurish, velosipedda sayr qilish, hattoki suzishdan ham ustun ekanligi tadqiqotchilar tomonidan taʼkidlab kelinmoqda.
Olimlar aniqlashicha, qisqa muddatli mashgʻulotlar uzoq davom etuvchilariga nisbatan ovqat hazm qilishni yaxshiroq harakatga keltiradi va koʻproq yogʻni parchalaydi. Shuning uchun ushbu reja tez va ohista qadam tashlashning kichik intervallari oʻrin almashlab bajarilishiga asoslangan. Sxemani sportcha yurish professionallari bilan mashgʻulot olib boruvchi trener Li Kryuz ishlab chiqqan.
Bundan tashqari, dasturimiz orqali ozish borasidagi foydali va sinalgan usullarni oʻzida jamlagan maqolalar bilan ham tanishishingiz mumkin. Maqolalarda keltirilgan maslahatlar asosida oʻzingiz uchun personal reja tuzib, ozish sari qadam tashlashingiz mumkin. Bunda sizga sabr va iroda tilaymiz!
Sogʻ-salomat boʻling!