Ogohlantirish: Ushbu ilova hech qanday davlat tashkiloti bilan bog‘liq emas va ularning nomidan ish yuritmaydi. Berilgan ma’lumotlar faqat axborot maqsadida taqdim etilgan.
Degraland — qishloq xo‘jaligi yerlaridagi degradatsiya jarayonlarini kuzatish va tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan zamonaviy mobil ilova. Ushbu platforma orqali fermerlar, agronomlar, geobotanik olimlar va yer tuzish mutaxassislari real vaqtda yerlarda kechayotgan o‘zgarishlarni aniqlashlari, kuzatuv yuritishlari va ilmiy tahlillarni samarali amalga oshirishlari mumkin.
Ilovaning asosiy imkoniyatlari:
Degradatsiya jarayonlarini monitoring qilish: Ilovaning maxsus shakllari orqali yerlarning holati, sof maydoni, kuchli shamol yoki suv eroziyasi, tuproq strukturasi o‘zgarishlari va boshqa degradatsion omillar haqida ma’lumot kiritish mumkin.
Geobotanik tahlil uchun maydon belgilash: Yaylov va tabiiy yer maydonlarida o‘simliklarning tarqalishini kuzatish, asosiy turlar bo‘yicha foto va ma’lumotlar kiritish imkoniyati mavjud.
Avtomatik hisobot shakllantirish: Ilova orqali kiritilgan ma’lumotlar asosida tahliliy hisobotlar PDF shaklida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Foto-fiksatsiya imkoniyati: Har bir monitoring nuqtasiga tegishli fotosuratlarni ilova qilish orqali vizual tahlil olib borish osonlashadi.
Degraland ilovasi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
Yerlarning degradatsiya holatini tezkor va samarali baholash
Geobotanik ko‘rik natijalarini raqamlashtirish va saqlash
Ilmiy tahlil va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish
Fermer va mutaxassislarning kundalik faoliyatida qulaylik yaratish