Lalu Onalar maktabi. Bola va chaqaloq parvarishi
Install Now
Lalu Onalar maktabi. Bola va chaqaloq parvarishi
Lalu Onalar maktabi. Bola va chaqaloq parvarishi

Lalu Onalar maktabi. Bola va chaqaloq parvarishi

Yosh onalar uchun tavsiyalar, chaqaloq ? bola parvarishi. Bolalar kasalliklari.

Developer: Lalu Health
App Size: 9.9M
Release Date: Jun 28, 2020
Price: Free
4.7
116 Ratings
Size
9.9M

Screenshots for App

Mobile
Yosh onalar uchun foydali maslahatlar, tavsiyalar, chaqaloq parvarishi, bolaning haftalik va oylik rivojlanish kalendari, emlash jadvali, muhim vositalar, ertaklar, bolalar kasalliklari hamda tajribali onalar bilan savol-javob qilish imkoniyati barchasi “Lalu — Onalar maktabi” ilovasida!

Onalik davri bu ayol hayotidagi sharafli va masʼuliyatli bosqichdir. Ayniqsa, yosh onalar uchun chaqaloq parvarishi va uning tarbiyasi bilan shugʻullanish bir muncha bilim va koʻnikmalarni talab qiladi. Shu kabi bilim va koʻnikmalarni “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovasi orqali osongina egallashingiz mumkin. ?
Ilova orqali bola rivojlanishi kabi muhim koʻrsatkichlardan tortib, uning salomatligiga oid zarur va foydali maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatingiz mavjud.
Xoʻsh, ilova qanday afzalliklarga egaligi haqida qiziqyapsizmi? Unda, marhamat ilovani hoziroq yuklab oling.
“Lalu —Onalar maktabi” bolalikning muhim bosqichlarini qamrab olgan quyidagi qismlardan iborat:
Bola rivojlanishi kalendari
? Chaqaloqning chilla davri va uning bir oylikdan bir yoshigacha boʻlgan rivojlanishi bayon qilingan foydali taqvim. Bu kalendar orqali bola ovqatlanishi, uyqusi, psixologiyasi, qobiliyatlari va boshqa koʻplab oʻzgarishlarini oyma-oy kuzatib borishingiz mumkin.
Chaqaloq parvarishi boʻyicha muhim koʻrsatmalar

? Onalik davri davomida chaqaloq parvarishi uchun muhim boʻlgan koʻrsatkichlar haqida zaruriy maqolalar. Bu maqolalar orqali siz, chaqaloqni choʻmiltirish, chaqaloq tagligining oʻziga xos, eʼtiborli boʻlish lozim boʻlgan jihatlari, bolaning tish chiqishi va boshqa turli koʻnikmalarni oʻrganishingiz mumkin.
Chaqaloq salomatligi va bolalar kasalliklari
? Chaqaloq va bolalarda koʻp kuzatilib, onalarni bezovta qiladigan fiziologik va patologik holatlar haqida muhim maʼlumotlar. Masalan, bolalarda ich ketishi, chaqaloqlar ichi yashil kelishi, chaqaloqlarda ich qotishi, chaqaloq nega kuchanadi, bolalarda tana harorati koʻtarilishi, bolalarda kamqonlik, chaqaloqlar sariqligi, bolalarda diatez boʻlishi kabi koʻplab masalalar haqida maʼlumotlar olishingiz mumkin.
Emlash kalendari
? Onalik davri davomida farzandingizning emlashlarini ilovaning emlash kalendari orqali qayd qilib borish imkoniyatingiz mavjud.
Bundan tashqari, ilovada emlash turlari, bolani emlashga tayyorlash, emlashga qarshi koʻrsatmalar hamda emlash mavzusiga oid foydali bilimlarni oʻrganishingiz mumkin.
Vazn va uzunlik nazorati
? JSST koʻrsatmalari asosida tayyorlangan bolaning vazn va uzunlik nazorati kichik dasturi sizga bolangizning vazni hamda tana uzunligining qay tarzda oʻzgarayotganligi haqida maʼlumot taqdim etadi. Agar kiritgan koʻrsatgichlaringiz boʻyicha farzandingiz rivojlanishida xavf aniqlansa, sizga shifokorga murojaat qilish uchun ogohlantirish koʻrsatiladi.
Onalar davrasi
??‍ Boshqa tajribali onalar bilan fikr va tajriba almashish uchun “Jamiyat” boʻlimidan foydalanishingiz mumkin.
Bundan tashqari, “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovasi orqali farzandingiz uchun chiroyli profil yaratishingiz mumkin. Bu profil orqali bolaning oylik koʻrsatkichlari, kiritgan chiroyli surʼatingiz, farzandingiz ismi aks etadi.
Agar dastur borasida savol yoki takliflaringiz boʻlsa, biz bilan Telegramʼda https://t.me/Lalusupportbot orqali bogʻlaning.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamizga obuna boʻling!
» Instagram: Instagram.com/laluhealth

“Lalu — Onalar maktabi” ilovasini bepul yuklab oling va farzandingizni sogʻlom voyaga yetkazing. Ilova chaqaloq parvarishi, rivojlanishi, bola tarbiyasi va salomatligi, bolalar kasalliklari bilan kurashishda onalik davri davomida sizga asosiy koʻmakchi boʻladi.
Agar ilovamiz sizga yoqsa, 5 yulduzcha (⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️) va samimiy izoh yozib qoldirishni unutmang.
Show More
Show Less
More Information about: Lalu Onalar maktabi. Bola va chaqaloq parvarishi
Price: Free
Version: 2.0.2
Downloads: 10000
Compatibility: Android 4.1 and up
Bundle Id: uz.lalu.babycaring
Size: 9.9M
Last Update: Jun 28, 2020
Content Rating: Everyone
Release Date: Jun 28, 2020
Content Rating: Everyone
Developer: Lalu Health


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide