Homiladorlik — ayol hayotidagi hayratlanarli va hayajonli davr. Homiladorlikning har bir haftasi hissiyotlarga boy, hamda homiladagi, boʻlajak farzanddagi oʻzgarishlarni ongli ravishda, homiladorlik taqvimi asosida kuzatib borish esa, ajib va takrorlanmas his uygʻotishi tabiiy.
Shunday takrorlanmas tuygʻuni his qilishingizda, boʻlajak farzandingiz va undagi ajib oʻzgarishlarni teran anglashingizda, hissiyotlaringizni boshqa homilador ayollar bilan oʻrtoqlashishingizda “Lalu — Homiladorlik maktabi” ilovasi sizga butun homiladorligingiz davomida hamrohlik qiladi.
Xoʻsh, takrorlanmas hissiyotlarga shoʻngʻishga tayyormisiz, unda hoziroq ilovani homiladorlik taqvimi bilan birgalikda yuklab oling. Hamda sogʻlom farzand dunyoga keltirish singari masʼuliyatli vazifani osonroq ado eting.
Ilova butun homiladorlik davri davomida siz uchun asqatadigan quyidagi qismlardan iborat:
Homiladorlik kalendari yoxud homiladorlik taqvimi
? Hafta davomida homilangizdagi va sizdagi oʻzgarishlar, homiladorlikda toʻgʻri ovqatlanish, shifokor ginekolog maslahatlari, muddatingizga mos ravishda tavsiya qilingan tibbiy tekshiruv rejalari haqida maʼlumotlar.
Homila rivojlanishi koʻrsatkichlari
❤️ Homilangiz aks ettirilgan rangli suratlar, uning oʻlchamlari, yurak urushlar soni hamda ilmiy tasdiqlangan tavsiya va maʼlumotlar.
Homila jinsini aniqlash
? Xitoy taqvimi asosida ishlaydigan va keng qoʻllaniladigan, boʻlajak bola jinsini aniqlashga moʻljallangan hisoblagich.
Kegel mashqi
? Homiladorlik mashqlari ichida eng muhim va zaruriy mashq hisoblanib, uni muntazam bajarish sizni homiladorlikning hamda tugʻruqning turli muammolardan saqlaydi.
Ismlar
? Boʻlajak farzandingizga chiroyli va maʼnoli ism tanlash uchun maxsus boʻlim. Bu boʻlimda ismlar maʼnosi haqida maʼlumot olib, yoqtirgan ismlar roʻyxatingizni ham shakllantirishingiz mumkin.
Vazn nazorati
✔️ Butun davr davomida ogʻirligingizni qayd qilib borish uchun qulay vosita. Vaznni doimiy oʻlchab borish, homiladorlik muammolari haqida erta xabardor boʻlish uchun muhim ahamiyatga ega.
Maqolalar
? Ushbu boʻlimi orqali oʻzingizni qiziqtirgan homiladorlik haqidagi foydali va ilmiy tasdiqlangan maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Homiladorlik olami
?? Boshqa homilador ayollar bilan fikr va tajriba almashish uchun “Jamiyat” boʻlimidan foydalaning.
? Bundan tashqari, dasturda tugʻruq kunini aniqlash avtomatik tarzda hisoblanib, tugʻruqqacha qolgan kunlar hamda taxmin qilinayotgan tugʻruq kuni asosiy boʻlimda sizga koʻrsatiladi.
“Lalu — Homiladorlik maktabi” aʼzosiga aylanish va homiladorlik muddatini hisoblash uchun ilovani yuklab olib, oxirgi hayz kuningizni toʻgʻri kiritishingizni oʻzi kifoya. Dasturda kerakli qiymatlar avtomatik oʻrnatilib, muddatingizga mos sahifa yaratiladi. Agar joriy muddatingizni aniq bilsangiz, shu qiymatlarni kiritish orqali ham safimizga qoʻshilishingiz mumkin.
Agar ilova ishlashi bilan bogʻliq muammo kuzatilsa yoki takliflaringiz boʻlsa, Telegram'dagi botimiz @LaluSupoortbot orqali biz bilan bog'laning. Sizga imkon qadar yordam beramiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling!
» Instagram: https://www.instagram.com/laluhealth
»Telegram: https://t.me/homiladorlik_maktabi
»Twitter: https://twitter.com/laluhealth
»Facebook: https://www.facebook.com/lalu.project
“Lalu — Homiladorlik maktabi.” ilovasini homiladorlik taqvimi (kalendari) bilan bepul yuklab oling va homiladorlar davrasiga qoʻshiling. Dastur butun homiladorlik davri davomida sizga eng yaxshi koʻmakchi boʻladi.
Ilovamiz sizga yoqqan boʻlsa, besh yulduzcha (⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️) bilan baholab, loyiha rivojiga oʻz hissangizni qoʻshishni unutmang!