G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari ... Milliy bo‘yoqlar bilan muzayyan bo‘lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy goya va qarashlar bilan yo‘g‘rilgan.