Mohir Panda
Install Now
Mohir Panda
Mohir Panda

Mohir Panda

Mohir Panda - bolalar uchun moʻljallangan taʼlim hamda tarbiyaviy oʻyini

Developer: MohirPanda
App Size: Varies With Device
Release Date: Jul 10, 2023
Price: Free
Price
Free
Size
Varies With Device

Screenshots for App

Mobile
Mohir Panda bolalar uchun moʻljallangan taʼlim-tarbiyaviy oʻyin!

O‘rganish bu go‘zal sarguzashtdir, unda har bir kashfiyot mo‘jizalar olamida yashirin xazinani topishga o‘xshaydi. O‘yin ushbu sarguzashtda bolajonlarga yaqin do‘st bo'ladi.

Biz taklif etadigan oʻyinlar:

▪️ Matematika: bolajon matematika bilan fanlar olamiga sayohat qilsin, o‘ynab o‘rgansin!
▪️ Kompyuter savodxonligi: hozirgi texnologiya asrida kompyuter bilimlaridan xabardor bo‘lsin!
▪️ Atrof-muhit: yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini biz bilan tanisin!
▪️ Tillar: dunyo tillaridan ingliz, rus va arab tillarini o‘rgansin!

O'yindagi panda personaji orqali farzandingiz ham o'ynab turli xil foydali bilimlarga ega bo'ladi.

Farzandingiz televizorga va telefondagi keraksiz oʻyinlarga bogʻlanib qolganmi? Vaqtini bekor oʻtkazyaptimi? Va siz bundan xavotirdamisiz? Unday bo'lsa Mohir Panda siz uchun ideal tanlov. Bu oʻyin orqali farzandingiz vaqtini samarali oʻtkazishi bilan bir qatorda, barcha uchun zarur boʻlgan ko‘paytirish jadvalini yod oladi, harflarni taniydi, boshlangʻich til koʻnikmalarini oshiradi va yuzdan ortiq dunyo ajoyibotlarini taniydi. Xullas, 3 va 10 yosh oraliqdagi bolalar uchun moʻljallangan ushbu o'yin, kichkintoyigizga unutilmas sayohatni va'da qiladi.

O'yinimiz davomida bolajonlarga ochiq elektr simlari hayot uchun xavf tug‘dirishi, olovdan uzoqda boʻlish va albatta telefondan ortiqcha foydalanish koʻzlarimiz uchun zararli ekani koʻp marotaba uqtirilgan.

Hattoki Mohir Panda oʻyinini oʻzingiz ham farzandingizga qoʻshilib oʻynashingiz mumkin. Bu orqali tillar boʻyicha bilimingizni mustahkamlab, yangi soʻzlarni yod olsangiz boʻladi. Oʻyinni sotib olib farzandingizni nafaqat yangi bilimlar bilan taʼminlaysiz balki, loyihani moliyaviy tarafdan qoʻllab quvvatlagan va yanada foydali boʻlishida oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.

Esingizda bo‘lsin, bolalik - kashfiyot va o‘rganishlar vaqti. Telefondan ortiqcha foydalanish esa ularni qimmatli daqiqalardan mahrum qilishi va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababdan bolajon o‘ynashi mumkin bo'lgan bir kunlik o‘yin vaqti chegaralangan.

Farzandlarimiz - bizning dunyodagi eng bebaho boyligimizdir. Shu sabab, telefondan foydalanish ular uchun xavfsiz bo‘lishi kerak. Biz ularni uzoq vaqt davomida ekran bilan bo‘lishlarini tavsiya etmaymiz va siz, aziz ota-onalar, iltimos, farzandingiz muntazam ravishda telefondan tanaffus qilishiga va ko‘z mashqlarini takrorlashlariga alohida e'tibor bering!
Show More
Show Less
Mohir Panda 1.2 Update
2023-10-19 Version History
Kichik kamchiliklar bartaraf etildi

~MohirPanda
More Information about: Mohir Panda
Price: Free
Version: 1.2
Downloads: 27454
Compatibility: Android 5.1
Bundle Id: uz.mohirpanda.panda
Size: Varies With Device
Last Update: 2023-10-19
Content Rating: Everyone
Release Date: Jul 10, 2023
Content Rating: Everyone
Developer: MohirPanda


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide