Muhammad Rahimxon Xivada Said Muhammad oilasida tavallud topdi. U boshlang‘ich ma'lumotini xususiy muallimdan oladi, biroz muddat madrasada tahsil ko‘radi, davlat, huquq ilmini esa unga zamonasining buyuk huquqshunos olimlari o‘rgatadilar. Ogahiy Muhammad Rahimga ustozlik qildi, unga she'riyat sirlarini o‘rgatdi, tarihdan, tarjima ilmidan saboq berdi. U Al-Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud kabi buyuk allomalar haqida dastlab Ogahiydan dars eshitdi. Keyinchalik esa ularning ijodiy meroslarini to‘plashga kirishadi va Pahlavon Mahmud ruboiylaridan bir kitob tartib etadi. Ushbu buyuk qalamkashning bugun sizlarga kitobini yangi talqinda taqdim etamiz sizlarga manzur bo'ladi degan umidamiz.