ANDIJON-VMTB
Install Now
ANDIJON-VMTB
ANDIJON-VMTB

ANDIJON-VMTB

Andijon viloyati maktabgacha ta39lim boshqarmasi.

App Size: 3.6M
Release Date: Aug 27, 2019
Price: Free
Price
Free
Size
3.6M

Screenshots for App

Mobile
Andijon viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi.

Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

vakolatidan kelib chiqib, Andijon viloyati hududida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish orqali ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, maktabgacha ta'lim-tarbiyaning muqobil shakllarini tashkil etish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish;
maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog va tarbiyalanuvchilarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash;
boshqarma tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruxsatnomalar, blankalar, sohaga tegishli o‘quv-metodik majmualar, byulleten va o‘quv qo‘llanmalar chop etilishini hamda veb-sayt yuritilishini Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etish;
maktabgacha ta'lim muassasalarini kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan tajribali, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar bilan ta'minlash;
pedagog xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish;
maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me'yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta'minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirilishini tashkillashtirish;
hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish;
mazmun va sifat jihatidan zamonaviy talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, o‘quv
va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablarining bajarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring yuritish.
Boshqarma o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, tuman, shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlari, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish orqali har jihatdan samarali zamonaviy boshqaruvni tashkil etish;


【Наши контакты】
►Email: [email protected]
►Phone: +998 99 994 20 93
►Telegram: https://t.me/Nurbek_Makhmudov
Show More
Show Less
More Information about: ANDIJON-VMTB
Price: Free
Version: 1.6
Downloads: 10
Compatibility: Android 4.2 and up
Bundle Id: uz.nursoft.nurbek.makhmudov.eltuv.andijon.vil.mtb
Size: 3.6M
Last Update: Aug 27, 2019
Content Rating: Everyone
Release Date: Aug 27, 2019
Content Rating: Everyone
Developer: GLOBAL SERVICE COMPANY


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide