Android dasturlash
Install Now
Android dasturlash
Android dasturlash

Android dasturlash

Android ilovalar yaratishni ozbek tilida organing.

Developer: Programmer UZ
App Size: Varies With Device
Release Date: May 12, 2021
Price: Free
Price
Free
Size
Varies With Device

Screenshots for App

Mobile
Android ilovalarni ishlab chiqish butun dunyoda, shu jumladan O'zbekistonda ham ommalashib borayapti. Bu yo'nalishda siz nafaqat ma'lum bir kompaniyalar uchun, balki shaxsiy ilovalaringizni ham ishlab chiqib, daromad topishingiz mumkin bo'ladi.

Kursda nimalar o'rganiladi?

Kursni o'rganish Java dasturlash tilidan boshlanadi. Keyingi bosqichda Androidning fundamental bilimlari beriladi.

Shu bilan bir qatorda, MySQL va Php orqali Rest API yozish ham alohida o'rgatiladi. Aslida, Android dasturchilari bu narsani o'rganishlari muhim emas, lekin biz faqat kompaniya uchun emas, o'zi uchun ham murakkab imkoniyatli dastur yaratmoqchi bo'lgan o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash uchun bu ikki texnologiyani kurs tarkibiga qo'shdik :)

Dasturlashni bilmasam ham o'rgana olamanmi?

Albatta! Kursning birinchi modulida Java dasturlash tili o'rgatiladi. Elementar tarzda, barchaga tushunarli qilib darslar tuzilgan. Turli mavzudagi masalalar ham ishlab ko'rsatilgan. Batafsil, Kurs tarkibi bo'limida tanishishingiz mumkin.

Nega darslar Javada tuzildi, Kotlinda emas?

Birinchidan, java hamjamiyati juda katta. Bu degani, siz istalgan savolingizga internet orqali bir zumda javob topa olasiz. Ikkinchida, juda ko'p professional dasturchilar Kotlinni boshlashdan oldin Javaga murojaat qilishni so'raydilar, shunda Kotlin qiyinchlik tug'dirmaydi. Bundan tashqari, kursning yangi versiyalarida Kotlin ham o'rin egallaydi.

O'rganishimga qancha vaqt ketadi?

Bu sizning o'z ustingizda qancha ishlashingizga bog'liq. Agar o'rganuvchi 0 dan boshlayotgan bo'lsa, keltirilgan darslarni qattiq mehnat va ko'p amaliyotda qo'llasa, 4-5 oy ichida o'rganib olish mumkin. Agar dasturlashdan xabari bor kishi o'rganayotgan bo'lsa, bir necha kun yetarli bo'ladi.
Show More
Show Less
Android dasturlash 1.0 Update
2021-05-12 Version History
Android dasturlash videokursi mobil ilovasining 1.0 versiyasi.

Ilovadan kursga ulanish, darslarni video, matnli (berilgan bo'lsa) formatda ko'rib o'rganish mumkin.

Ilova PayMe to'lov tizimi bilan integratsiya qilingan.

Ilovadan www.programmer.uz da ro'yxatdan o'tilgan akkount bilan foydalanish mumkin. Agar boshqa ilovalarimiz - C++ dasturlash tili yoki Telegramda bot yaratish orqali ro'yxatdan o'tilgan bo'lsa ham, o'sha akkount bu ilovaga ham mos tushadi.

~Programmer UZ
More Information about: Android dasturlash
Price: Free
Version: 1.0
Downloads: 11720
Compatibility: Android 5.0
Bundle Id: uz.programmer.android_dasturlash
Size: Varies With Device
Last Update: 2021-05-12
Content Rating: Everyone
Release Date: May 12, 2021
Content Rating: Everyone
Developer: Programmer UZ


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide