Allergiya — kishi organizmida tashqaridan taʼsir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yot moddalarga (masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahari kabi moddalar) nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya.
Allergik reaksiyani keltirib chiqaradigan modda “allergen” deb ataladi. Allergen oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud. Koʻpgina allergenlar zararsizdir, yaʼni koʻpchilikda bu moddalar allergiya chaqirmaydi.
Allergiya juda keng tarqalgan. Sogʻliqni saqlash organlari maʼlumotiga binoan Shimoliy Amerika va Gʻarbiy Yevropada taxminan 20% odamlar pollinoz(allergik rinokonyuktivit, allergik rinit)ga duchor boʻlishgan.
Butun dunyoda allergiya bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. “Allergy UK” maʼlumotlariga koʻra, taxminan 30-40% odamlar hayotlarining bir qismida allergiyaga duchor boʻlishadi. Allergiya eng koʻp bolalarda uchraydi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan allergiya kuzatiladi.
Allergenlar tabiatda, oziq-ovqatlarda, uydagi atrof-muhitda topilishi mumkin. Odam biror narsaga allergiyasi bo‘lsa odatda buni belgisini terida, hazm qilish tizimida, nafas yo‘llarida, burun yoki ko‘zlardagi o‘zgarishlar orqali bilishadi.
Allergiya har qanday insonda paydo bo‘lishi mumkin. Olimlar aynan qaysi mexanizmlar immunitetda ushbu sirli ko‘rinishdagi nosozliklarni keltirib chiqarishini hanuz aniqlaganlari yo‘q. Bu shuni anglatadiki, dunyoda allergiyadan to‘liq himoyalangan insonning o‘zi yo‘q.
U har qanday vaqtda yuzaga kelishi mumkin. Agar qulupnay tanovulidan keyin sizga hech qanday toshma toshmagan va daraxt changidan biror marta aksa urmagan bo‘lsangiz ham, bu allergiya sizni cheklab o‘tib ketgan degani emas.
Shuning uchun, mabodo allergiya boshlanganidan shubha paydo bo‘lsa, adashmayotgan bo‘lishingiz mumkin. Lekin antigistaminlarga murojaat qilishdan oldin, bu aynan immun tizimining nosozligimi yoki boshqa bir kasallik alomatimi, aniqlashtirish zarur.
Ushbu dasturimizda allergik kasalliklar kelib chiqish sabablari, belgilari, turlari, tashxislash hamda davolash usullari haqida, shu jumladan allergik pollinoz, mavsumiy allergik rinit, allergik dermatit kabi kasalliklar ustida batafsil to’xtalib o’tamiz.
Dasturda allergiyani davolash usullari va uning profilaktikasi ya’ni oldini olishga qaratilgan foydali maqolalar ham keltirib o’tilgan.
Dasturimiz sizga maʼqul keladi, degan umiddamiz.
Diqqat, ushbu dasturda keltirilgan barcha maʼlumotlar foydalanuvchilarga tanishish maqsadida taqdim etilgan hamda tibbiy xizmat oʻrnini bosmaydi. Shuning uchun sizda sogʻligingiz bilan bogʻliq muammo yuzaga kelsa, albatta shifokor bilan maslahatlashgan holda ish tutishingiz lozim.
Yangi va foydali maqolalarni oʻqib borish uchun dasturni har yangilanganda qayta oʻrnatib olishni unutmang.
Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang!
Agar ilovamiz sizga yoqsa, 5 yulduzcha (★★★★★) bilan baholashni unutmang.