Oyoqlar yurish, yugurish, sakrash va murakkab harakatlar bajarishda juda koʻp kundalik faol harakatni talab qiladi, shuning uchun tabiiy ravishda ular turli xil oyoq kasalliklari, umuman turli muammolarga duch kelishadi.
Shikastlanishdan yalligʻlanishgacha turli xil shikastlanishlar va nosozliklar oyoq muammolariga olib keladi.
Oyoqlarning har biri 26 suyakdan iborat boʻlib, bu tuzilish ularni tananing eng murakkab joylaridan biriga aylantiradi. Shunga qaramay, oyoqlar haqida qiziq faktlar ham borki, ularni oʻqib lol qolasan kishi.
Masalan, Podiatriya kollejining maʼlumotlariga koʻra, inson umri davomida taxminan 250 000 km yuradi, bu olti marta dunyo boʻylab yurishga teng keladi. Qiziq-a?! ?
Biz oyoqning shunday murakkab va qiziqarli tuzilma ekanligini inobatga olib, Siz azizlarga, oyoq bilan bogʻliq muammolarga toʻxtalgan holda ushbu dasturni taqdim etyapmiz. Dasturimizda, koʻp uchraydigan oyoq kasalliklari yassioyoqlik, oyoq vena qon tomirlarining kengayishi yoxud varikoz, oyoq tomirlari tortishishi, oyoqlar muzlashi, ogʻrishi va turli nevrologik bezovtalanishlari haqida foydali maqolalar berib oʻtilgan.
Hamda, eng muhimi dastur maʼlumotlari tez-tez yangilanib, foydali maqolalar va tavsiyalar bilan boyitib boriladi.
Oyoq kasalliklari yoki muammolariga, asosan notoʻgʻri poyabzal kiyish, qandli diabet, boshqa yondosh kasalliklari, travma (shikastlanishlar) va qarilik sabab boʻladi. Ushbu dasturda, yuqorida sanab oʻtganimizdek, eng keng tarqalgan oyoq muammolari, ularning sabablari va tashxislash hamda davolash ketma-ketligi haqida soʻz yuritiladi.
Diqqat, ushbu dasturda keltirilgan barcha maʼlumotlar foydalanuvchilarga tanishish maqsadida taqdim etilgan hamda tibbiy xizmat oʻrnini bosmaydi. Shuning uchun sizda sogʻligingiz bilan bogʻliq muammo yuzaga kelsa, albatta shifokor bilan maslahatlashgan holda ish tutishingiz lozim.
Yangi va foydali maqolalarni oʻqib borish uchun dasturni har yangilanganda qayta oʻrnatib olishni unutmang.
Sizga sogʻlik va salomatlik tilab, U.Media jamoasi! Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang!
Agar ilovamiz sizga yoqsa, 5 yulduzcha (★★★★★) bilan baholashni unutmang.