Oyoq kasalliklari Oyoq terlashi va hidlanishi
Install Now
Oyoq kasalliklari Oyoq terlashi va hidlanishi
Oyoq kasalliklari Oyoq terlashi va hidlanishi

Oyoq kasalliklari Oyoq terlashi va hidlanishi

Oyoq terlashi hamda hidlanishi sizni bezovta qilyabdimi? Dasturni yuklab oling

Developer: U.Media
App Size: 7.2M
Release Date: Aug 2, 2020
Price: Free
Price
Free
Size
7.2M

Screenshots for App

Mobile
Oyoqlar nega terlaydi? Ushbu savol koʻpgina insonlarni qiynaydigan savollar sirasiga kiradi. Oyoqlar terlash bilan birga yoqimsiz hidlar ham taratadi, bu esa hamma uchun yoqimsizlik holatini chaqiradi. Oyoqlar koʻp ter ajratishiga turli xil sabablar bor.
Organizmning umuman ter ajratish xususiyati ikki muhim vazifani bajaradi: organizmdan ter orqali zaharli (toksin) moddalarni chiqarish va tana haroratini meʼyorlashtirish. Oyoqlar terisida ham ter ajratuvchi bezlar boʻlib, ular uzoq muddat yopiq oyoq kiyim kiyganda va paypoqlar toza boʻlmaganda funksiyasi kuchayib ketadi. Bunday holat esa bakteriyalarning koʻpayishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Sogʻlom odam terisida maxsus hidlar beruvchi fermentlar ajralib chiqmaydi. Qandaydir bir patologik holatlarda ushbu fermentlar ter bilan ajralib chiqa boshlaydi va ular kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar koʻpayishi uchun sharoit boʻlib xizmat qiladi. Bakteriyalarning hayot faoliyati davomida ajratgan toksinlari tashqi muhitga ajraladi: poyabzal, paypoqlarda yoqimsiz hid tarqatadi. Ayniqsa, poyabzal sifatsiz materialdan tayyorlangan va shamollash (ventilyatsiya) tizimi yoʻq boʻlsa, terlash va hidlanish darajasi yuqori boʻladi. Bundan tashqari, ter ajralishi ortishi jismoniy mashq bajarganda, stress vaqtida, issiq sharoitda, uyquda qalin yopinchiqlardan foydalanganda ham kuzatiladi. Xoʻsh, qaysi holatda oyoq terlashiga qarshi jiddiy chora koʻrish kerak?
Agar oyoqlar toza paypoqlar va sifatli materialdan tayyorlangan poyabzalda boʻlsa, gigiyena qoidalariga rioya qilinganda ham ter ajralishi koʻp boʻlsa, demak bu patologik holatdan dalolat beradi.
Oyoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shu kabi muammolar sabablari, belgilari, turlari ularni tashxislash hamda davolash usullari haqida ushbu dastur orqali foydali va muhim maʼlumotlarni olishingiz mumkin.
Dasturda oyoq terlashi hamda hidlanishi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, xalq tabobati usullari orqali ushbu muammolardan forigʻ boʻlish borasida mutaxassis maslahatlari ham dasturdan joy olgan.
Diqqat, ushbu dasturda keltirilgan barcha maʼlumotlar foydalanuvchilarga tanishish maqsadida taqdim etilgan hamda tibbiy xizmat oʻrnini bosmaydi. Shuning uchun sizda sogʻligingiz bilan bogʻliq muammo yuzaga kelsa, albatta shifokor bilan maslahatlashgan holda ish tutishingiz lozim.
Yangi va foydali maqolalarni oʻqib borish uchun dasturni har yangilanganda qayta oʻrnatib olishni unutmang.
Sizga sogʻlik va salomatlik tilab, U.Media jamoasi! Oʻzingizni va yaqinlaringizni asrang!
Agar ilovamiz sizga yoqsa, 5 yulduzcha (★★★★★) bilan baholashni unutmang.
Show More
Show Less
More Information about: Oyoq kasalliklari Oyoq terlashi va hidlanishi
Price: Free
Version: 1.0
Downloads: 100
Compatibility: Android 4.1 and up
Bundle Id: uz.umedia.legsweating
Size: 7.2M
Last Update: Aug 2, 2020
Content Rating: Everyone
Release Date: Aug 2, 2020
Content Rating: Everyone
Developer: U.Media


Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide