Ushbu dastur Namoz vaqtlarida telefoningizni avtomatik ravishda "Bezovta qilmaslik" ("Не безпокоить", "Do not Disturb (DnD)") rejimiga tushiradi. Bu namoz o'qiyotganingizda telefon qo'ng'iroqlari va turli bildirishnomalar tufayli sizning va atrofdagi birodarlaringizning chalg'ishini oldini oladi! Dastur to'g'ri ishlashi Sozlamalarga o'ting, dasturlar ichidan Sakina dasturini toping va bildirishnomalardan foydalanishga ruxsat bering!
Sakina dasturini o’rnatgandan so’ng, uni quyidagicha sozlab oling:
1. Dastur tilini tanlang 🇺🇿🇺🇿🇷🇺
2. Dastur to’g’ri ishlashi uchun, qurilma sozlamalariga o’tib ⚙️, dasturlar ro’yxatidan «Sakina» ilovasini toping va unga bildirishnoma sozlamalariga kirishga ruxsat bering ✅
3. Dastur namoz vaqtlarida bildirishnomalar chiqarishi uchun, dasturni Batareya quvvatini tejovchi dasturlar ro’yxatiga kiriting 🔋
4. Dastur namoz vaqtlarini sizning joylashuvingiz bo’yicha to’g’ri hisoblab chiqishi uchun, joylashuv sozlamalariga ruxsat bering 📍
5. Hisoblash metodini tanlang 🕌
6. Namoz vaqtlari uchun ovozsiz rejimi vaqt oraliqlarini belgilang. 🕝Ushbu oraliqdan boshlanish vaqtida dastur mos namoz vaqtida foydalanadi, tugash vaqtida esa ovozsiz rejimdan chiqariladi. Agar siz namozni o’z vaqtidan kechroq o’qishni reja qilsangiz, yoki ushbu vaqtda telefon qo’ng’iroqlari bo’lmasligiga ishonchingiz komil bo’lsa, hohlagan vaqtda ushbu funksiyani o’chirib qo’yishingiz mumkin.
7. Dasturni ishga tushiring! 🏁
Dasturdan quyidagi funksiyalar ham o’rin olgan:
– Qulay interfeys 👍;
– Kunduzgi/Tungi rejim ☀️🌙;
– Namoz vaqlari ⏰;
– Yaqin Masjidlar 🕌;
– Hadislar 📖;
– Duolar 🤲;
– Tasbeh va zikrlar 📿;
– Qibla kompasi 🧭;
– Hijriy kalendar 📆;
va boshqa ko'plab qulayliklar!