Ombudsman UZ
Install Now
Ombudsman UZ
Ombudsman UZ

Ombudsman UZ

OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasi

Developer: Technocorp
App Size: 39 MB
Release Date: Aug 20, 2024
Price: FREE
Price
FREE
Size
39 MB

Screenshots for App

iPhone
iPhone X
iMessage
More Screenshots for iMessage
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman)ning OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan.

OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasining maqsadi - murojaatchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, jumladan, fuqarolarga onlayn maslahat berish, murojaatning ijro holatini onlayn ravishda monitoring qilib borish, mobilь ilova orqali murojaat ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlardan yuborilgan javob xatlari, statistik ma'lumotlar bilan tanishish kabi xizmatlar joriy etishdan iborat.

OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasining vazifalari:
− Tezkor va qisqa murojaat yuborish;
− Murojaatlarni ko‘rib chiqish holatini kuzatib borish va natijasi bilan tanishish;
− Yuborilgan murojaatlar statistikasi bilan tanishib borish;
− Ombudsman faoliyatiga oid yangiliklardan xabardor qilish;
− Onlayn maslahat olish uchun ko‘maklashish.
− Ombudsman, uning mintaqaviy vakillari va markaziy apparati haqida ma'lumot olish;
− Qabul kunlari haqida ma'lumot olish.

Mobil ilovaning afzalliklari:
− Istalgan vaqt va masofadan turib 24/7 rejimida murojaat yuborish;
− Murojaatlarni ko‘rib chiqish holati bilan on-layn rejimda tanishib borish;
− Ro‘yxatdan o‘tishda OneID yagona identifikatsiya tizimidan foydalanish;
− Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun mobil ilovaga tez va oson kirish va unda ishlashni davom ettirish;
− Tegishli fayl va ma'lumotlarni yuklash va olish;
− O‘zbek, rus va ingliz tilidan foydalanuvchining ihtiyoriga ko‘ra foydalanish;
− Foydalanuvchiga qulay va tushunish uchun oson menyu;
− Shaxsiy ma'lumotlar va axborot xavfsizligini ta'minlashda bugungi kundagi zamonaviy uslub va tamoyillardan foydalanilganligi.
Show More
Show Less
More Information about: Ombudsman UZ
Price: FREE
Version: 1.0
Compatibility: Requires Requires iOS 12 or later
Bundle Id: com.technocorp.ombudsman.ios
Size: 39 MB
Genre: Reference
Release Date: Aug 20, 2024
Last Update:
Content Rating: 18+
Developer: Technocorp
Language: English -

All Apps & Games Created by: Technocorp

Whatsapp
Vkontakte
Telegram
Reddit
Pinterest
Linkedin
Hide