Xususan, adibning “Galatepaga qaytish” qissasi sho’ro davrining so’nggi yillarida o’zbek ziyolilari ongida ro’y bergan ijtimoiy-psixologik evrilishlarni aks ettirganligi bilan qimmatli. Qissadagi Toshpo’lat G’aybarov va uning do’sti Samad obrazlari davr ziyolilarining ikki xil tipi sifatida namoyon bo’ladi. Adabiy tanqidchilikda “Galatepaga qaytish” qissasidagi Samad obraziga u qadar e’tibor berilmagan.